06 noy 17:03
Yangiliklar
Dzyudo
Yoshlarimizning jahon chempionatiga tayyorgarligi davom etmoqda + FOTOREPORTAJ
Xabaringiz bor, Toshkent shahri yana bir nufuzli musobaqa – dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
18-22 noyabr kunlari poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da dunyoning saksondan ziyod davlatidan keladigan istedodli dzyudochilar 2026 yilning eng muhim musobaqasi medallari uchun bahslarga kirishadi.
Ayni paytda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi masuliyatli musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Mashg'ulotlar reja asosida, qatiy rejimda o'tkazilyapti. Boisi, mezbonlik masuliyati juda yuqori. Medallar uchun kurash murosasiz kechishini hozirning o'zidanoq his qilish mumkin.
Dunyo birinchiligiga faxriy mehmon sifatida dzyudo afsonasi, besh karra Olimpiada, bir necha karra jahon chempioni Teddi Riner tashrif buyuradi.




















Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar