06 noy 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev faoliyatini yakunlashi haqida: "Onamga quloq solaman"
UFC'ning yarim o'rta vazndagi amaldagi chempioni Islam Maxachev aralash yakkakurashlardagi faoliyatini yakunlashini malum qildi.
35 yoshli rossiyalik jangchi Olamsport.com muxbiri Mohichehra Sobirovaga bergan intervyusida onasi uning MMAda jang qilishiga doim qarshi bo'lganini aytdi.
"Onam har doim jang qilishimga qarshi bo'lgan. Men esa doim unga quloq solganman, demak, tez orada yana quloq solaman", dedi Maxachev.
Islam kecha Toshkent shahrida start olayotgan sambo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati tadbirlarida ishtirok etish uchun etib keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar