05 noy 15:34
Yangiliklar
Baysangur Susurkaev Damian Pinas bilan jangini tasdiqladi
Avvalroq mazkur jang haqida malumot tarqalgan edi. 4 noyabr kuni Susurkaev ijtimoiy tarmoqlarda Pinas bilan bo'lajak bahs haqidagi xabarni ulashdi.
25 yoshli Susurkaev professional faoliyatida 12 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. U UFC'ga Dana Uaytning davogarlar seriyasi orqali kelgan va oktagondagi 3 jangining barchasini muddatidan oldin yakunlagan. Uning raqiblari Erik Nolan, Erik Makkoniko va Jorden Santos bo'lgan.
24 yoshli Pinas esa 11 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. U yagona mag'lubiyatini 2024 yilda taqiqlangan zarba uchun diskvalifikaciya sabab olgan. SHundan buyon jangchi ketma-ket 7 ta bahsni nokaut bilan yutgan.
Pinas UFC'dagi janglarida Ues SHults, Sezar Almeyda va Andrey Pulyaevni mag'lub etgan.
Susurkaev va Pinas o'rtasidagi jang 12 dekabr kuni AQSHda o'tadigan UFC 335 turniri doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar