14 mar 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Baysangur Susurkaev hamyurtimiz bilan bir turnirda jang qiladi
Rossiyalik MMA jangchisi Baysangur Susurkaev may oyida o'tkaziladigan UFC 328 musobaqasida ishtirok etadi.
Vestnik MMA'ning insayder Leo Gimaraeshga asoslanib xabar berishicha, 25 yoshli rossiyalik Baysangur Susurkaev 9 may kuni AQSHning Nyuark shahrida tashkil etiladigan UFC 328 turniri doirasida braziliyalik Jorden Santosga qarshi jang qiladi.
28 yashar Santos faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Baysangur Susurkaev hisobida esa 11 ta jangda qo'lga kiritilgan 11 ta g'alaba mavjud.
UFC 328 turniri doirasida o'zbekistonlik Bogdan Guskov Polsha vakili Yan Blaxovichga qarshi revansh jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : Vestnik MMA
Fikrlar