31 okt 11:28
Yangiliklar
WTA 500. Rahimova va dunyoning 23-raketkasi o'rtasida final taqdiri hal bo'ldi
Biroz avval yakuniga etgan yarim final uchrashuvida vakilamiz WTA reytingida 23-o'rinni egallab turgan kanadalik Leyla Fernandesga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 55 daqiqa davom etgan murosasiz bahsda tajriba o'z so'zini aytdi — 7/5, 6/3. Rahimova final ostonasida o'z yurishini to'xtatdi.
Uchrashuv davomida Leyla 9, Kamilla 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Rahimova qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Fernandesda qo'shxatolar 2 ta bo'ldi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan to'rtinchi uchrashuvi bo'ldi - 3:1. Rahimova Ernandes ustidan yagona g'alabasini 28 kun oldin Pekindagi turnirda qo'lga kiritgandi.
Taqqoslash uchun, 25 yoshli Kamilla Rahimova dunyo reytingida 66, Leyla Fernandes 23-o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar