31 okt 08:54
Yangiliklar
Bugun to'rt erkin kurashchimiz jahon chempionatida gilamga chiqadi. G'ulomjon bronza yo'lida kurashadi
Kecha dunyo birinchiligida erkin kurash bahslari boshlandi. Hamyurtlarimizdan birgina G'ulomjon Abdullaev medal uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori 1/16 finalda Koreya Respublikasi vakili Kim CHang Songni 6:0, 1/8 finalda Puero-Riko kurashchisi Smitni 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Murosasiz kechgan 1/4 final bellashuvida esa rossiyalik Olimpiada chempioni Zavur Uguevga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Uguev finalga chiqqani bois, G'ulomjon bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. Buning uchun u bugun o'tish bellashuvida KXDR vakili Kvang Myong Kimga qarshi gilamga chiqadi. Abdullaev g'alaba qozongan taqdirda jahon chempionatining bronza medali uchun bahs olib boradi.
SHuningdek, bugun yana uch nafar erkin kurashchimiz - Asadbek Saidto'raev (-57 kg), Javohir CHuliboev (-74 kg) va Mirzo Hayitov (-79 kg) jahon chempionatidagi yurishini boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionatida ishtirok etgan Rustam Assakalov bosh murabbiyligidagi yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallagandi.

Fikrlar