30 okt 22:51
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat bo'yicha 2027 yilgi rapid va blic Jahon chempionati mezboni elon qilindi
Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) ushbu mamlakatga yana bir bor mezbonlik huquqini taqdim etdi.
2027 yilgi FIDE rapid va blic bo'yicha Jahon chempionati dekabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tadi.
CHempionat ananaviy ravishda yilning so'nggi haftasida o'tkaziladi. Ishtirokchilar 25 dekabr kuni etib keladi, bahslar esa 30 dekabrgacha davom etadi.
Musobaqada yuzlab shaxmatchilar Open va ayollar o'rtasidagi rapid hamda blic yo'nalishlarida jami to'rtta jahon chempionligi uchun kurashadi.
Turkiya avval ham yirik shaxmat musobaqalariga mezbonlik qilgan. Jumladan, Istanbul 2012 yilda 40-SHaxmat Olimpiadasini qabul qilgan. 2025 yil oxirida esa ushbu shaharda yoshlar o'rtasidagi FIDE rapid va blic Jahon chempionatlari o'tkazilgan.

Havola :
Manba : fide.com
Fikrlar