16 okt 13:42
Yangiliklar
Klassik shaxmatda katta o'zgarish: partiyalar vaqti qisqarishi mumkin!
Nimalar o'zgarishi mumkin?
60+30 — har bir o'yinchiga 60 daqiqa va har yurish uchun 30 soniya qo'shiladi. Bu formatdan maxsus ruxsatsiz foydalanishga yo'l ochilishi rejalashtirilmoqda.
45+30 — ayrim turnirlarda, jumladan FIDE Circuit musobaqalarida ham qo'llanishi mumkin.
Islandiya federaciyasi bir kunda 3 tur o'tkazishga ham ruxsat berishni taklif qilgan.
Ammo bu qoidalar hali kuchga kirgani yo'q. Yakuniy o'zgarishlarni FIDE Kengashi tasdiqlashi kerak. Hozircha titul va norma beriladigan turnirlar uchun kuniga ko'pi bilan ikki tur o'tkazish cheklovini saqlash rejalashtirilmoqda.
O'zgarishlarning maqsadi — klassik turnirlarni qisqaroq muddatda o'tkazish va tashkiliy xarajatlarni kamaytirish.
Sizningcha, klassik shaxmatda vaqtni qisqartirish to'g'ri qarormi yoki bu o'yin sifatiga salbiy tasir qiladimi?

Fikrlar