So’nggi yangiliklar

19:25Моуриньо: "Реал" таркиби мени тўлиқ қониқтиради" 0 18:54ММА ҳамжамиятининг Мэлотт - Бакли жангидаги нокаутга муносабати: "Капа олти метр нарига учиб кетди" 0 18:23Ўзбекистон 2027 йилги Жаҳон кубоклари учун иккита йўлланмага эга бўлди! 0 17:52UFC Fight Night 291 турнири нокаутлар бўйича Лига рекордини такрорлади 0 17:21Лионель Месси бугунги ўйинда қайд этган дублига муносабат билдирди 0 16:50Умар Кремлёв: "Боксчилар ҳеч нарсага муҳтож бўлмасликлари учун шароит қиламиз" 0 16:19RCC x Karate Combat: Хамзин Космони енгди, "Белаз" Дуглас Лимани бўғиб қўйди 0 15:48Бакли Мэлоттдан қабул қилиб олган бугунги нокаутли мағлубияти ҳақида гапирди 0 15:17Мареска АПЛ рекордини ўрнатди 0 14:46Бугун уч нафар боксчимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлайди 0 14:15Мадримовнинг вазнидаги Фундора WBC чемпионлик камарини ҳимоя қилди 0 13:44Жаҳон чемпионатида йўқотишсиз одимлаяпмиз. Беш нафар боксчимизнинг барида ғалаба! 0 13:13Бекхэм ФИФА президентлигига номзод бўлиши мумкин 0 12:42Полина Кудерметова Ningbo Open турнирининг асосий тўрига йўл олди 0 12:11Aktau Asian Open 2026. Бугун 14 нафар дзюдочимиз татамига чиқади. Вакилларимизнинг бари қозоғистонликларга қарши баҳс олиб боради 0

18 okt 18:23
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston 2027 yilgi Jahon kuboklari uchun ikkita yo'llanmaga ega bo'ldi!

FIDE Samarqandda o'tkazilgan 2026 yilgi SHaxmat Olimpiadasi natijalariga ko'ra, kelasi yilgi Jahon kubogi va ayollar o'rtasidagi Jahon kubogi uchun ajratilgan yo'llanmalarni elon qildi.

O'zbekiston har ikkala musobaqada bittadan yo'llanmaga ega!

Ochiq yo'nalish — 1 ta yo'llanma

Samarqandda Olimpiada chempioniga aylangan O'zbekiston terma jamoasi Jahon kubogi yo'llanmalari ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi.

Ushbu yo'llanma uchun Olimpiadada chempion bo'lgan tarkibdagi shaxmatchilardan biri tanlanishi mumkin:

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubbaev, SHamsiddin Vohidov yoki Muhiddin Madaminov.

Ayollar yo'nalishi — 1 ta yo'llanma

Olimpiadani 13-o'rinda yakunlagan O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham 2027-yilgi Jahon kubogida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

Yo'llanmaga nomzodlar — Afruza Hamdamova, Gulruhbegim Tohirjonova, Umida Omonova, Nilufarxon Imomqo'zieva va Guldona Karimova.


Yo'llanmalar kimlarga beriladi?

FIDE qoidalariga ko'ra, har bir milliy federaciya Olimpiadada qatnashgan jamoasi azolaridan birini tanlaydi. Agar barcha azolar boshqa yo'l bilan saralangan yoki ishtirok etishdan bosh tortgan bo'lsa, federaciya boshqa shaxmatchini ham ko'rsatishi mumkin.

Yakuniy vakillar 2027 yilning 1-15 iyul kunlari tasdiqlanishi kutilmoqda.

Umumiy hisobda Olimpiada natijalari orqali ochiq yo'nalishda 83 ta, ayollar yo'nalishida esa 45 ta milliy federaciya Jahon kubogi yo'llanmasiga ega bo'ldi.

Samarqanddagi Olimpiada O'zbekiston shaxmatchilariga nafaqat medallar, balki kelgusi yildagi eng nufuzli xalqaro musobaqalardan birida qatnashish uchun yangi imkoniyatlar ham taqdim etdi.

Sizningcha, O'zbekistonning ushbu ikki yo'llanmasi kimlarga berilishi kerak?

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing