30 okt 17:47
Yangiliklar
Dzyudo
Keldiyorova Abu Dhabi Grand Slam 2026 turniridagi mag'lubiyatiga izoh berdi
Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova ikki yillik tanaffusdan so'ng ilk bor "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etdi.
Ilk davrada meksikalik raqibasini mag'lubiyatga uchratgan Keldiyorova ikkinchi bosqichda isroillik Gefen Primoga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Diyora musobaqadagi ishtiroki va mag'lubiyatini izohladi.
"Ikki yilu uch oylik tanaffusdan so'ng IJF turnirlariga yana qaytganimdan juda xursandman! Afsuski, bu safar natija men kutgandek bo'lmadi. Ammo oldinda hali ko'p ishlar hamda yangi maqsadlar bor. Bugungi xatolardan saboq olaman va yanada kuchliroq qaytaman!
Meni qo'llab-quvvatlagan oilamga, O'zbekiston dzyudo federaciyasiga va barcha vatandoshlarimga cheksiz minnatdorlik bildiraman!", dedi Keldiyorova.

Havola :
Manba : Дзюдо Арт
Fikrlar