29 okt 12:41
Yangiliklar
Abu Dhabi Grand Slam 2026 boshlanmoqda. Bugun Diyora va yana to'rt dzyudochimiz bahslarga kirishadi
Turnirning birinchi kuni engil vazn toifasi vakillari medallar hamda Olimpiada-2028 yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib boradi. Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasining besh nafar dzyudochisi ham bor.
Bugungi bellashuvlarda Diyora Keldiyorovaning chiqishiga guvoh bo'lamiz. Parij Olimpiadasi chempioni ilk davrada meksikalik Paulina Martinezga qarshi tatamiga chiqadi. Bu hamyurtimiz uchun Aktau turniridan keyingi ilk jiddiy musobaqa bo'ladi. Keldiyorova Qozog'istondagi musobaqada chempion bo'lgan edi.
Abu Dhabi Grand Slam 2026 turnirining birinchi kungi saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 12:30da boshlanadi. Ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol - Uta Aba Abu-Dabi turnirida ishtirok etadimi? Yo'q, yaponiyalik Olimpiada chempioni BAA poytaxtiga kelmagan.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari
-48 kg: Ulbusin Hakimova — Konul Alieva (Ozarbayjon)
-52 kg: Sita Kadamboeva — Tereza Bodnarova (CHexiya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova — Paulina Martinez (Meksika)
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov — Pedro Karlos Antun Neto (Avstraliya)
-66 kg: Dilshodbek Hamroev — Yusuf Nurkovich (CHernogoriya)

Fikrlar