29 okt 08:58
Yangiliklar
Xalqaro dzyudo kuni munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi + FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi" Yakkakurashlar zalida tashkil etilgan tantanali marosimda Sport vaziri o'rinbosari SHaxrillo Mahmudov, Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi Bosh kotibi Aziz Sobirov, federaciya raisi o'rinbosari Zafar Qahramonov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
So'zga chiqqanlar dzyudochilar va ularning murabbiylari, referilarni Xalqaro dzyudo kuni bilan muborakbod etishdi. Yosh sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari bayramga o'zgacha shukuh bag'ishladi. Tadbir so'nggida odatdagidek bolajonlarga bayram torti hamda shirinliklar taqdim etildi.



































Fikrlar