12 okt 09:39
Yangiliklar
Dzyudo
"Bu hali boshlanishi". Muzaffarbek To'raboev Jahon chempionatida qo'lga kiritilgan medaliga munosabat bildirdi
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy bahslarda bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Terma jamoamiz azosi Muzaffarbek To'raboev ushbu muvaffaqiyatga o'z munosabatini bildirdi.
"Bu natija — tinimsiz mehnat, matonat, fidoyilik va bir jamoa bo'lib kurashishning samarasi. Har bir g'alaba ortida katta mehnat, har bir medal ortida esa cheksiz iroda mujassam.
Bu hali boshlanishi! Oldinda bizni yanada katta marralar va yangi g'alabalar kutmoqda.
Biz birgalikda kuchlimiz! Maqsadimiz — O'zbekiston sharafini yanada yuksaklarga ko'tarish", - deb yozdi To'raboev Instagramdagi sahifasida.

Havola :
Fikrlar