26 noy 15:02
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov London turnirini g'alaba bilan boshladi
Amaldagi chempion hamyurtimiz ilk turda oq donalarda o'ynab, mezbon grossmeyster SHreyas Royalni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Angliyacha debyut bilan boshlangan partiya 43-yurishda yakunlandi.
Endi Vudvord ham birinchi turda g'alaba qozondi. Qolgan uchta partiyada durang qayd etildi. SHu tariqa Abdusattorov va Vudvord bir ochkodan jamg'arib, peshqadamlikni bo'lishib turibdi.
Masters guruhida 10 nafar grossmeyster to'qqiz tur davomida bahs olib boradi. Ikkinchi turda Abdusattorov qora donalarda angliyalik grossmeyster Maykl Adamsga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar