So’nggi yangiliklar

08:03"Лондон тизимини кутмагандим, лекин..." — Жавоҳир Синдаров 0 07:32ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Сабаҳ"ни тор-мор этди 0 07:01Анқара Challenger: Никита Белозерцев нинг юриши ниҳоясига етди 0 19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0

26 noy 08:03
Yangiliklar

SHaxmat

"London tizimini kutmagandim, lekin..." - Javohir Sindarov

SHveycariyaning Jeneva shahrida o'tkazilayotgan mukofot jamg'armasi 2 500 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Jahon toji uchun matchning ikkinchi turidan so'ng hisob 1:1 ko'rinishiga keldi.

Amaldagi chempion hindistonlik Gukesh Dommaradju hamda Nomzodlar turniri g'olibi hamyurtimiz Javohir Sindarov kechagi durangdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida partiyani muhokama qilishdi. Tomondar 20-yurishdan keyin durangga rozi bo'lishdi. 

Matbuot anjumanida Sindarov qora donalarning rejasini tushuntirdi. 

Gukesh London tizimini nega tanladi?

Matchda ilk bor oq donalarda o'ynagan Gukesh 1.d4 d5 2.Nf3 Nf6 3.Bf4 bilan London tizimiga o'tdi. U match boshida bu debyut raqibiga kutilmagan tanlov bo'lishi mumkin, deb o'ylagan. Pandemiya davrida London tizimini ancha o'ynaganini ham esladi. Gukeshning aytishicha, bugun bu debyutning nazariyasi ham ancha chuqur va Sindarovning javobi tayyor bo'lishi mumkinligini u bilgan.

Sindarov aynan London tizimini kutmaganini, ammo partiyada yuzaga kelgan variant unga yaxshi tanish bo'lganini aytdi. Qora farzinning 7...Qb6 yurishi ham tayyorgarligiga kirgan. Farzin b2 piyodasiga hujum qildi. Gukesh uni 8.Rb1 bilan himoya qildi.

8.Qb3 o'rniga nega 8.Rb1?

Jurnalistlardan biri 7...Qbb ga nega 8.Qb3 o'ynamaganini so'radi. Gukesh 8.Qb3 dan keyin 8...Nh5 imkonini ko'rsatdi. Bu yurish f4 dagi filga hujum qiladi. Gukesh 8.Rb1 yurishini bilgan, ammo tayyorlagan variantining hammasini eslay olmaganini aytdi. Qora piyodani olish variantini ham hisoblagan. Uning bahosiga ko'ra, qoralar piyoda evaziga etarli o'yin olardi.

Farzinning d8 ga qaytishi

Sindarov 11...Qd8 yurishi ortidagi rejani ochiq aytdi. Farzin ortga qaytgach, u filni e8 ga, otni d7 ga olib o'tishni va f-piyodani f5 ga surishni ko'zlagan. Partiyada 13...Be8, 14...Nd7 va 15...f5 ketma-ket o'ynaldi. Sindarov rejani amalga oshirish uchun qulay paytni topdim, deb hisobladi.

"...Be8 va ...Nd7 rejasini etarlicha baholamadim", — dedi Gukesh. 15...f5 dan keyin u qariyb yarim soat o'ylab 16.f3 yurdi. Sindarov 16...Nf6 bilan javob berdi. Gukeshga ko'ra, shu poziciyada e4 yoki c4 bilan markazni ochishning qulay yo'lini ko'ra olmagan. a5 yurishi haqida so'ralganda, qora tomon ...a6 bilan javob berganidan keyin ham oqlar uchun aniq reja ko'rmaganini aytdi.

FIDE tahlilida c4 dan keyingi bitta variant ko'rsatildi. 17.c4 cxd4 18.exd4 dxc4 19.Bxc4 Nd5 dan keyin oqlar 20.Qxe6+ bilan piyoda oladi. Qoralar 20...Bf7 21.Qe2 Bg5 dan keyin piyoda evaziga faol o'yin oladi. Bu variant 17.c4 dan keyin qoralar qanday o'yin olishini ko'rsatadi.

Nega Gukesh partiyani davom ettirmadi?

Gukeshning aytishicha, aynan shu poziciyada raqibiga jiddiy muammo tug'dirish yo'lini topish qiyin edi. O'yinni majburan keskinlashtirish o'ziga ham muammo keltirishi mumkinligini aytdi. "c4 bilan markazni ocha olganimda, ehtimol, partiyani davom ettirardim", — dedi u.

Oq fil e5 va g3, qora ot esa d7 va f6 orasida yurdi. Sindarov 20...Nf6 yurishini yozib, soatni to'xtatdi va hakamga murojaat qildi. Durang poziciyaning uch marta takrorlanishi asosida qayd etildi. Match reglamenti kelishuv asosidagi durangga qoralarning 40-yurishidan keyin ruxsat beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing