25 noy 19:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirov yangilangan UFC reytingiga munosabat bildirdi (FOTO)
Doxadagi UFC Fight Night turniridan keyin tashkilot o'z reytingini yangiladi.
Liganing o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Ramazon Temirov o'z divizionidagi o'zgarishlarga munosabat bildirdi.
"Har bir sportchi uchun orzu bo'lgan joyda dunyo reytingida 10-o'rinda joylashib, O'zbekiston bayrog'ini ko'tarayotganimdan faxrlanaman. Alhamdulillah. In SHa Alloh, chempion ham bo'lamiz. Allohga oson", deb yozgan Temirov o'zining Instagram'dagi sahifasida.
Ramazon so'nggi jangini oktyabr oyida beshinchi pog'onadagi angliyalik Lone Kavanaga qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy bergandi.

Havola :
Manba : instagram.com/ramazan_temurov
Fikrlar