25 noy 17:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkentdagi prof boks oqshomi uchun yana bir jang elon qilindi (POSTER)
10 dekabr kuni Toshkent shahri katta professional boks oqshomini qabul qiladi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustasi Nurislom Ismoilov ham ringga ko'tariladi. Unga o'sha kuni Xitoy vakili Fuvey Vang raqib bo'ladi.
Har ikki bokschi hozirga qadar mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Nurislom hisobida 9 ta g'alaba bo'lsa, Fuvey Vang hozirgacha 3 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan.
Avvalroq, Toshkentdagi prof boks kechasining markaziy jangida hamyurtimiz, super yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishining sobiq chempioni Isroil Madrimov ozarbayjonlik Seymur Isaev bilan bahs olib borishi haqida xabar bergan edik.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar