So’nggi yangiliklar

08:03Жавоҳир Синдаров - Гукеш Доммараджу илк партияси таҳлили 0 07:32ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз майдонида ПСВни тор-мор этди 0 07:01Темиров ва Гусковнинг вазнлари рейтингида ўзгаришлар — Асу икки поғона пастлади, Кавана ўз ўрнида 0 22:42Жаҳон тожи учун матч. Жавоҳир Синдаров илк партияни якунлади 0 19:02ХОҚ 2028 йилги ёшлар қишки Олимпия ўйинлари саналарини эълон қилди 0 18:30Энцо Мареска: "Ҳусановнинг энг яхши позицияси — марказий ҳимоя" 0 17:52«АҚШга бора олмай қолиши мумкин». Менежер Усман Нурмагомедов учун эҳтимолий жазолар ҳақида гапирди 0 17:00Нодирбек Абдусатторов London Chess Classic 2026 турнирида қатнашади 0 16:05Россия бокс федерацияси World Boxing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 15:12Нури Шаҳин Шомуродовнинг ўйинига баҳо берди ва Файзуллаевнинг қачон сафга қайтишини айтди 0 14:30Топурия Пимблеттга жанг таклиф қилди 0 13:42Қозоғистон Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогининг якуний босқичи учун таркибини эълон қилди 0 12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0

25 noy 08:03
Yangiliklar

SHaxmat

Javohir Sindarov - Gukesh Dommaradju ilk partiyasi tahlili

SHveycariyaning Jeneva shahrida jahon toji uchun match boshlandi va uning ilk partiyasida durang natija qayd etildi.

Bevosita Jenevada bo'lib turgan O'zbekiston shaxmat federaciyasi bosh kotibi Bobur Sattorov kechagi 1-tur bahsini tahlil qildi.  

1-xulosa: Gukesh oddiygina tojni berish niyati yo'q ekan, aniq bildik.

2-xulosa: Javohir yaxshi sport formasida ekanligi tasdiqlandi!

Aniq vaziyatlarga keladigan bo'lsak, temir do'stimiz ikkala shaxmatchini ham maqtab, 99% bexato o'ynaganini takidladi. Debyut qismida ikkala shaxmatchi ham chuqur tayyorgarlikka ega ekanliklarini ko'rdik.

Nomi sir qolishini xohlagan ekspertning statistikasiga ko'ra, jahon toji bahslarida kim vaqtni nazorat qila olishni uddasidan chiqsa, natijadorligi yuqori bo'lar ekan. Bir so'z bilan aytganda, "TAYM MENEJMENT".

O'yin bir tizginiga tushganda, yani ko'p sipohli mittlshpilda, Gukesh juda chuqur hisob-kitobga sho'ng'idi va oradagi vaqt tafovutini 45 daqiqagacha etkazib qo'ydi. Superkompyuter do'stimizning takidlashicha, yagona imkoniyat paydo qilib o'yinni chigallashtirish 24-yurishda piyoda F4 o'rniga ot C2?!

Rostmi-yolg'onmi, lekin bir narsa aniq: 100 ta professional shaxmatchidan so'rovnoma o'tkazsangiz, ularning 95% aniq F4 tabiiy yurishini tanlashadi. Balkim, shu taraflama biz suniy idrokdan farqlanarmiz.

20 yoshli grossmeysterlarning birinchi bahsi durang bilan tarixga muhrlandi. Oldinda bizni juda ham katta janglar kutib turgani aniq. Keyingi o'yinlarda Javohirdan shedevr o'yinlar kutib qolamiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing