24 noy 19:02
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
XOQ 2028 yilgi yoshlar qishki Olimpiya o'yinlari sanalarini elon qildi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi 2028 yilda o'tkaziladigan Qishki yoshlar Olimpiya o'yinlari 21–29 yanvar kunlari bo'lib o'tishini malum qildi.
Musobaqalarga Italiyaning Dolomit tog'lari va Valtellina vodiysi mezbonlik qiladi.
O'yinlarning beshinchi nashrida sakkiz kun davomida 1600 nafarga yaqin sportchi bahs olib boradi. Avvalgi yoshlar qishki Olimpiya o'yinlari 2024 yil 19 yanvardan 1 fevralgacha Janubiy Koreyaning Kanvon shahrida o'tkazilgan va unda O'zbekistondan ikki tog' chang'isi ustalari — Rauan Raimqulov hamda Sabina Rejepova ishtirok etgandi.
Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
Fikrlar