24 noy 11:04
Yangiliklar
Gandbol
Gandbolchilarimiz ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etishmoqda
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida gandbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi qita birinchiligi start oldi.
Kecha musobaqaning ilk turi doirasida vakilalarimiz Koreya Respublikasi jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Afsuski, bellashuvda 43:11 hisobida koreyalik gandbolchi qizlar zafar quchishdi.
Gandbolchilarimizning keyingi raqibi mezbon Qozog'iston jamoasi bo'ladi. Bellashuv ertaga 17:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Musobaqaning saralash bahslari 2 noyabr kuni yakuniga etadi.

Havola :
Manba : t.me/gandboluzb
Fikrlar