24 noy 07:01
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun tarixiy Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026 turniri start oladi
Bugundan poytaxtimizda yana katta dzyudo bayrami davom ettiriladi - tarixda ilk bor o'smirlar o'rtasida tashkil etilayotgan Gran-Pri turkumiga kiruvchi turnirga aynan O'zbekiston poytaxti mezbonlik qiladi.
Dunyoning 19 davlatidan kelgan 18 yoshgacha bo'lgan istedodli dzyudochilar ikki kun davomida jami 16 ta vazn (8 ta o'g'il bolalar, 8 ta qizlar) toifasida "Olimpiya shaharchasi"da o'tkaziladigan Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026 turniri medallari uchun tatamiga chiqadi.
Etiborlisi, musobaqa g'oliblari xuddi kattalarda bo'lgani singari medallardan tashqari mukofot pullarini ham qo'lga kiritishadi. CHempionlar — 1200, kumush medal egalari — 650, bronza medali sohiblari esa 320 evroga ega bo'lishadi.
Saralash bahslari soat 11:00da boshlanadi. Barcha yakkakurash muxlislarini "Olimpiya shaharchasi"ga taklif qilamiz. Kirish bepul

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar