15 noy 12:27
Yangiliklar
Dzyudo
Zagreb Grand Prix 2026. Bugun Davlat Bobonovga muxlislik qilamiz!
Bugun Xorvatiya poytaxti Zagreb shahri mezbonligida davom etayotgan Gran-pri turkumiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etadi.
Musobaqaning so'nggi kuni og'ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatlisi, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov besh oylik tanaffusdan so'ng yana tatamiga qaytadi.
Bugun sovrindor dzyudochimiz uchinchi tatamining ilk uchrashuvida xorvatiyalik Dominik Druzetaga qarshi bahs olib boradi. Kunduzgi dastur bizning vaqt bilan soat 13:45da boshlanadi.
Davlat Bobonovga g'alaba va omad yor bo'lsin!
Zagreb Grand Prix 2026. Bobonovning ilk davra uchrashuvi:
-90 kg: Davlat Bobonov – Dominik Druzeta (Xorvatiya)

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar