15 noy 12:58
Yangiliklar
Sport kurashlari
Arman Carukyan PFL va Bellator jangchisiga qarshi bahs olib bordi
UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan armanistonlik Arman Carukyan qisqa fursatda yana bitta jang o'tkazdi.
Kecha oqshom BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etilgan RAF 14 turniri doirasda Carukyan braziliyalik Neyman Greysiga qarshi kurash qoidalari asosida jang o'tkazdi. Bellashuv Armanning 10-0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Malumot uchun, 29 yoshli Arman Carukyanning professional MMAdagi rekordida 24 ta g'alaba (16 tasi muddatidan avval) va 3 ta mag'lubiyat bor. "Betmen" professional debyutini 2015 yilning sentyabrida nishonlagan. UFC promoushenida 2019 yilning aprelidan beri jang o'tkazib kelyapti. U erkin kurash bo'yicha va MMA bo'yicha sport ustasi hisoblanadi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar