13 noy 13:44
Yangiliklar
"Dakar-2026": uch bokschimiz ishtirok etgan Olimpiadada ikki oltin qo'lga kiritildi va tarixiy natija qayd etildi
O'zbekiston terma jamoasi musobaqada uch nafar sportchi bilan qatnashib, ikki oltin medalni qo'lga kiritdi.
O'g'il bolalar o'rtasida -65 kg vazn toifasida Ibrohim SHokirjonov, qizlar o'rtasida esa -54 kg vaznda Sabrina CHakomanova va -60 kg vaznda Rushanabonu Isoeva yurtimiz sharafini himoya qildi.
Yoshlar Olimpiadasi uchun kvotalar soni cheklanganiga qaramay, vakillarimiz Dakarda yuksak natija qayd etdi. Bosh murabbiy Timur Axbaev boshchiligidagi Sabrina CHakomanova va Rushanabonu Isoeva o'z vazn toifalarida chempionlikni qo'lga kiritdi.

Bu g'alaba o'zbek boks tarixidagi alohida voqea bo'ldi: Sabrina va Rushanabonu qizlar o'rtasida yoshlar Olimpiadasida chempion bo'lgan ilk o'zbekistonlik bokschilar sifatida tarixga kirdi.
SHu tariqa, uch nafar sportchi bilan qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi ikki oltin medalga sazovor bo'lib, umumjamoa hisobida Hindiston bilan birga birinchi o'rinni egalladi.

Fikrlar