12 noy 21:42
Yangiliklar
Dzyudo
Zagreb Grand Prix 2026. Dzyudochilarimiz raqiblarini bilib olishdi
13-15 noyabr kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahri mezbonlik qiladigan Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirga qura tashlandi.
Musobaqada dunyoning 66 davlatidan kelgan jami 462 (276 erkak, 186 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda Olimpiada-2028 yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib boradi. Yurtimiz sharafini 5 nafar dzyudochimiz himoya qiladi.
Zagreb Grand Prix 2026. Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Arujan Erejepova (Qozog'iston)
-66 kg: Azizbek Ortiqov – Felipe Dakruz (Livan)/Abderahman Boushita (Marokash)
-81 kg: Arslonbek Tojiev – Magamed Borchashvili (Avstriya)
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev – Samuel Daniel Olayya (Xitoy Taypeyi)
-90 kg: Davlat Bobonov – Dominik Druzeta (Xorvatiya)

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar