So’nggi yangiliklar

14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0

12 noy 13:55
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo Millatlar kubogi. Yosh shaxmatchilarimiz hindistonlik grossmeysterlarga munosib qarshilik ko'rsatishdi

BAA poytaxti Abu-Dabi shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Osiyo Millatlar kubogida 2-tur uchrashuvlari ortda qoldi va ayni daqiqalarda 3-tur partiyalari o'ynalmoqda.

Xabar berganimizdek, O'zbekiston terma jamoasi musobaqada erkaklar o'rtasida to'rt, ayollar o'rtasida besh shaxmatchi bilan qatnashyapti. Jamoaviy musobaqa shveycarcha tizimda, to'qqiz turdan iborat bo'ladi. Har bir shaxmatchiga partiya uchun 90 daqiqa beriladi, har bir yurishdan keyin esa soatiga 30 soniya qo'shiladi.

O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo Millatlar kubogining birinchi turida falastinlik shaxmatchilarga qarshi bahs olib borib, ishonchli 4:0 hisobida g'alaba qozongandi. 

SHaxmatchilarimiz 2-turda yulduzli tarkibga ega Hindiston terma jamoasiga qarshi munosib dona surishdi. Nomdor grossmeysterlarga qarshi kechgan murosasiz bahsda 3 ta durang qayd etildi. Faqat Abdumajid Botiraliev raqibi Praneshga imkoniyatni boy berdi. Yakuniy hisob - 1,5:2,5.  


HINDISTON — O'ZBEKISTON - 2,5:1,5 

Nihal Sarin (GM 2720) — Humoyun Begmuratov (GM 2517) - 0,5:0,5

Pranav (GM 2679) — Bahrom Baxrillaev (IM 2400) - 0,5:0,5

Pranesh (GM 2673) — Abdumajid Botiraliev (FM 2368) - 1:0

Aravindh CHitambaram (GM 22673) — SHerali Ravshanov (FM 2365) - 0,5:0,5


O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham Osiyo Millatlar ligasi musobaqasini ishonchli g'alaba bilan boshlagandi. Qizlarimiz Pokiston terma jamoasidan 4:0 hisobida ustun kelishgan edi. Afsuski, 2-tur Qozog'iston terma jamoasiga 1:3 hisobida yutqazib qo'ydik. Afruza Hamdamova va Gulruhbegim Toxirjonova raqibalari bilan durang o'ynashgan bo'lsa, Nilufarxon Imomqo'zieva va Umida Omonova mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. 


QOZOG'ISTON — O'ZBEKISTON - 3:1 

Meruert Kamalidenova (IM 2400) — Afruza Hamdamova (WGM 2447) - 1:0

Kseniya Balabaeva (WGM 2396) — Gulruhbegim Toxirjonova (IM 2349) - 0,5:0,5

Elnaz Kaliaxmet (WIM 2383) — Umida Omonova (WGM 2310) - 1:0

Zarina Nurgalieva (WIM 2292) — Nilufarxon Imomqo'zieva (WFM 2305) - 0,5:0,5


Ayni daqiqalarda 3-tur uchrashuvlari o'tkazilmoqda. O'zbekiston ayollar terma jamoasi 2-turdan so'ng 2 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-o'rinni egallab turibdi. Mo'g'ulistonlik shaxmatchilarga qarshi dona surayotgan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi esa 2 ochko bilan 8-pog'onadan joy olgan. Rossiya, Qozog'iston, Hindiston va Xitoy 100 foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing