So’nggi yangiliklar

10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0

12 noy 08:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Iliya Topuriya Usman Nurmagomedovning hibsga olingani haqida xabar berdi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Iliya Topuriya Abu-Dabida Merab Dvalishvili va Usman Nurmagomedov o'rtasidagi janjal haqida gapirib, rossiyalik jangchi mahalliy policiya tomonidan hibsga olinganini malum qildi.

"Sizlar bir guruh qo'rqoqsizlar va endi qilgan ishingiz uchun javob berasizlar. Sizlarni haqiqiy erkaklar deb atash mumkin emas. Bu qilmishingizni nima deyishni xalqni o'zi aytyapti", deb yozdi "El Matador" ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

"Olingan malumotlarga ko'ra, Usman o'zining yonida bo'lgan qo'rqoqlar bilan birga hibsga olingan. Bu kimki, kamtarlik va hurmatni targ'ib qilishga jurat etadi? Qanday sharmandalik. Haqiqiy qo'rqoqlar to'dasi.

Men sizlarni har doim o'rtamiyona jangchilar deb hisoblaganman. Endi siz so'nggi shubhalarni ham bartaraf etdingiz. Hurmat va kamtarlik - bu siz tomondan targ'ib qilinishi kerak bo'lgan so'zlar emas. Bular yashash kerak bo'lgan qadriyatlardir. Va siz ulardan birortasini ham ko'rsatmadingiz", deya qo'shimcha qildi ispan-gruzin jangchisi.

Eslatib o'tamiz, kecha Merab Dvalishvili Abu-Dabidagi mehmonxona kiraverishida intervyu berib turgan bir paytda Usman Nurmagomedov jamoadoshlari bilan kelib, hech narsadan yo'q gruziyalikni urib ketgandi. Keyinroq internetda hodisa videosi paydo bo'ldi, u Nurmagomedovning gruziyalikka bergan shapalog'i bilan boshlangan. Merabning yuzi qonga belangandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing