11 noy 18:07
Yangiliklar
"Liverpul" sardori kelajagi haqida gapirdi: "Aks holda boshqa joyga ketaman"
Niderlandiyalik futbolchi shartnomasi yakuniga etib borayotganiga xotirjam qarayotganini takidladi.
“O'zimni alo his qilyapman, ammo gap hozir men haqimda emas. Ko'ramiz. Men aslo vahimaga tushmayapman. O'ynashni va o'z ishimni davom ettirishni xohlayman. Bu mavsum nimalarni olib kelishini kutamiz. Hozircha vaqtim juda yaxshi o'tmoqda. Agar bu davom etsa — demak, shunday bo'ladi. Aks holda esa boshqa joyga ketaman. Ayni paytda malum qilishga hech qanday yangilik yo'q, biroq bu menda qandaydir stress yoki shunga o'xshash holat bor degani emas», — deya van Deykning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Malumot o'rnida, jarohat sababli Virdjil van Deyk Niderlandiya terma jamoasining UEFA Millatlar ligasidagi oldinda turgan o'yinlarini o'tkazib yuborishga majbur bo'lmoqda. Futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Fikrlar