11 noy 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Pyotr Yan dunyoning eng yaxshi bokschisini aytdi
Vazn toifasidan qati nazar, UFC’ning eng kuchli jangchilari uchligini yakunlab turgan Pyotr Yan qaysi bokschini dunyodagi eng yaxshi deb bilishi haqidagi savolga javob berdi.
"Hozircha bu Dmitriy Bivol deb o'ylayman", - dedi rossiyalik jangchi RCC Boxing nashriga bergan intervyusida jurnalistning tegishli savoliga javob berar ekan.
O'tgan oyda Pyotr Yan eng engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Trilogiyaning yakuniy jangida u Gruziya vakili, sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvilini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi.
WBA, WBO, IBF va The Ring reytinglari bo'yicha yarim og'ir vazn toifasida jahon chempioni bo'lgan Dmitriy Bivol 12 dekabr kuni Ekaterinburgda bo'lib o'tadigan RCC Boxing turnirida ringga qaytadi va o'z unvonlarini WBO versiyasi bo'yicha vaqtinchalik chempion britaniyalik Kallum Smitdan himoya qiladi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar