So’nggi yangiliklar

11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0

11 noy 10:32
Yangiliklar

Engil atletika, Los-Anjeles-2028

Los-Anjeles-2028: engil atletika bo'yicha saralash tartibi va meyorlari tasdiqlandi

World Athletics Kengashi Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlarining engil atletika musobaqalari uchun saralash tizimini tasdiqladi.

2028 yilning 15-30 iyul kunlari o'tadigan musobaqalarda atletlar belgilangan saralash meyorlarini bajarish yoki jahon reytingi orqali Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin.

Yo'llanmalarning 40 foizi saralash meyorlari, 60 foizi esa jahon reytingi asosida taqsimlanadi.

Olimpiada dasturi

Erkaklar va ayollar o'rtasida 23 tadan yo'nalishda musobaqalar o'tkaziladi. Dasturdan 4×100 metr va 4×400 metrga aralash estafeta bahslari ham o'rin olgan. 4×100 metrga aralash estafeta Olimpiya o'yinlarida ilk bor o'tkaziladi.

Saralash tartibi

Yo'llanmalarning 40 foizi belgilangan meyorlarni bajargan atletlarga, 60 foizi esa jahon reytingi asosida beriladi. Meyorni bajarish yo'llanmani avtomatik ravishda kafolatlamaydi: kvotadan ortiq atlet meyorni bajargan taqdirda, eng yaxshi natijalar inobatga olinadi.

Har bir mamlakatdan bir yo'nalish bo'yicha ko'pi bilan uch nafar atlet saralashda hisobga olinadi.

Saralash muddatlari

- Marafon: 2026 yil 1 noyabrdan 2028 yil 30 aprelgacha.

- 10 000 metr, ko'pkurash, sportcha yurish va estafetalar: 2026 yil 19 dekabrdan 2028 yil 18 iyungacha.

- Qolgan yo'nalishlar: 2027 yil 19 iyundan 2028 yil 18 iyungacha.

Ayrim yo'nalishlar bo'yicha maxsus tartib

Marafon. 2028 yil 19 mart holatiga ko'ra, saralash reytingidagi dastlabki 56 nafar atlet yo'llanma oladi. Qolgan 15 ta o'rin belgilangan saralash tartibi asosida taqsimlanadi. Saralash davrida Platinum Label maqomidagi marafonlarda dastlabki besh o'rinni egallagan atletlar ham kirish meyorini bajargan deb hisoblanadi.

Sportcha yurish. 2028 yil 9 aprel kuni Xitoyning Xefey shahrida bo'lib o'tadigan Jahon sportcha yurish jamoaviy chempionatida dastlabki 12 o'rinni egallagan atletlar Olimpiada yo'llanmasini to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritadi. Qolgan 36 ta o'rin jahon reytingi orqali taqsimlanadi.

Estafetalar. 2028 yil 22-23 aprel kunlari Bagama orollarida o'tadigan Jahon estafetalari musobaqasida dastlabki 14 o'rinni egallagan jamoalar Olimpiadaga yo'llanma oladi. Qolgan jamoalar saralash davridagi jahon natijalari ro'yxati asosida tanlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing