11 noy 08:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkov rasm orqali UFC chempionligi uchun jang so'radi + FOTO
Aleksandr Volkov yana bir bor o'zining katta ijodiy qobiliyatini namoyon etib, UFC rahbariyatiga u tashkilotning og'ir vazn toifasida birinchi raqamli davogar ekanligi va navbatdagi chempionlik kamari uchun jang qilishi kerakligi haqidagi fikrini etkazishga harakat qildi.
"Suniy intellekt kontentidan charchadim. Menga chempionlik uchun jang kerak: o'zim chizib chiqqan rasm orqali!", – deb yozdi rossiyalik og'ir vaznli sportchi ijtimoiy tarmoqda, o'z ijod natijasini elon qilib.
O'tgan oy oxirida Aleksandr Volkov uchinchi marta ketma-ket g'alabasini tantana qilgandi. U Abu-Dabida o'tgan UFC 333 turnirida hamyurti Rizvan Kuniev ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'alaba qozongandi. Bu hafta esa "Drago" Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 334 turnirining markaziy jangida francuz Siril Gan va amerikalik Josh Xokit o'rtasidagi chempionlik jangiga shaxsan tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar