10 noy 17:53
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" Kerrikni "Liverpul"ga qarshi o'yingacha istefoga chiqarishi mumkin - manba
"Manchester Yunayted" noyabr oyida bosh murabbiy Maykl Kerrikni istefoga chiqarish niyatida, deb xabar beradi jurnalist Devid Ornshteyn X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Manba malumotlariga ko'ra, klubda yakuniy qaror hali qabul qilinmagani takidlanmoqda. Biroq rahbariyat allaqachon ehtimoliy vorislarni izlash bo'yicha ish olib bormoqda, bir nechta manbalar esa "Liverpul" bilan uchrashuvga qadar bosh murabbiy o'zgarishini kutmoqda.
APL 11-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yin 22 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Angliya Premer-ligasida o'tkazilgan 10 ta o'yindan so'ng "Manchester Yunayted" sakkiz ochko jamg'arib, turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi va quvilish zonasida qolmoqda. Jamoa bitta g'alabani qo'lga kiritdi, besh bor durang o'ynadi va to'rt marotaba imkoniyatni boy berdi.

Havola :
Fikrlar