10 noy 12:42
Yangiliklar
Engil atletika
Parizoda Talabovaning medali o'zbek engil atletikasi uchun tarixiy bo'ldi
2025 yilgi yoshlar o'rtasida Osiyo o'yinlari g'olibi Parizoda Talabova Dakar-2026 yoshlar Olimpiya o'yinlarining kumush medalini qo'lga kiritdi.
Nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan engil atletikachimiz yakunda 54.68 m natija qayd etdi va shaxsiy rekordini yangilagan holda kumush medalni qo'lga kiritdi.
Bu tarixiy natija bo'ldi. Parizoda O'zbekistonga yoshlar Olimpiya o'yinlari tarixida engil atletika bo'yicha ilk medalni taqdim etdi.
Bundan avval, 2009 yili Italiyaning Bressanone shahrida o'tgan U18 jahon chempionatida Anastasiya Svechnikova nayza uloqtirish bahslarida 53,25 metr natija bilan g'olib bo'lgan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar