10 noy 11:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Ankalaev keyingi jangini og'ir vaznda o'tkazmoqchi
Rossiyalik UFC jangchisi, yarim og'ir vazn toifasida sobiq chempion Magomed Ankalaev raqiblar u bilan jang qilgisi kelmayotganidan norozi.
"Ko'rinadiki, yarim og'ir vazn toifasidagi Top-5 jangchilardan hech biri jang qilishni istamayotganga o'xshaydi. Har kimning o'z sababi bor. Rauntri tayyor emas, Reyns yaqindagina jang qildi va jarohat oldi. Kosta esa 10 million dollar xohlayapti.
Og'ir vazn toifasida-chi? Jang qilishga tayyor kimdir bormi? Keling, bu jangni yanvar oyida tashkil qilaylik», deb yozgan Ankalaev o'zining X (sobiq Twitter) sahifasida.
Malumot uchun, 34 yoshli UFC sobiq chempioni Magomed Ankalaev so'nggi jangini iyul oyida hamyurtimiz Bogdan Guskovga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Uning hisobida jami 22 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.
Havola :
Manba : x.com/AnkalaevM
Fikrlar