10 noy 10:07
Yangiliklar
Dzyudo
Kelasi hafta Toshkentga keladigan Teddi Riner Franciya prezidentligi saylovida qatnashmoqchi
Dzyudo bo'yicha besh karra Olimpiya chempioni Teddi Riner Franciyada 2027 yilda bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovida nomzodini qo'yishini malum qildi.
"Mamlakatimiz boshdan kechirayotgan qiyinchiliklarga ko'nikish — mag'lubiyatni tan olish bilan barobar. Men chetdan kuzatib turishni istamayman. 2027 yilgi prezidentlik saylovida nomzodimni qo'yaman.
Franciya boshiga tushgan sinovlarni engib o'tish uchun o'zimizga nisbatan yuksak talabchanlik, sog'lom fikr va birdamlik kerak. Biz taslim bo'lmaymiz", dedi Riner.
Avvalroq, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov Teddi Rinerning tez orada mamlakatimizga kelishini aytgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar