06 noy 12:14
Yangiliklar
Teddi Riner O'zbekistonga keladi
Bu haqda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov malum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, Riner bilan birga dzyudo olamining yana bir qator taniqli vakillari ham 19-22 noyabr kunlari Toshkentda o'tkaziladigan dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tashrif buyuradi.
Dzyudo afsonalarining "Olimpiya shaharchasi"da o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati doirasidagi tadbirlarda qatnashishi kutilmoqda.
"Yaqin kunlarda Teddi Riner keladi. Etti karra Olimpiya o'yinlari sovrindori, 5 karra Olimpiada g'olibi. Dzyudo oilasining bir qator taniqli sportchilari ham 19-20 noyabr kunlari yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga kelishadi. Hammani kutamiz", dedi Otabek Muhammadalievich Olamsport.com muxbiri Mohichehra Sobirova bilan suhbatda.
Fikrlar