06 noy 10:09
Yangiliklar
Sambo
Toshkentda sambo bo'yicha 50-jahon chempionati boshlandi
Bugun, 6 noyabr kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida sambo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati start oldi.
Musobaqada dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidan 700 nafarga yaqin sportchi kurash olib boradi.
Bellashuvlar poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"dagi "Sport o'yinlari" zalida o'tkaziladi. Bahslar soat 10:00da start oldi.
Soat 16:30da esa Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi.
Barcha muxlislarni musobaqalarga chorlab qolamiz!
Havola :
Manba : Sambo Uzbekistan
Fikrlar