05 noy 12:28
Yangiliklar
SHaxmat
Humoyun Begmuratov - Jahon chempioni!
O'zbekistonlik grossmeyster Humoyun Begmuratov 20 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida rapid yo'nalishi bo'yicha Jahon chempioni bo'ldi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida o'tkazilayotgan FIDE World Junior Rapid Chess Championships U20 musobaqasida hamyurtimiz barcha raqiblarini ortda qoldirib, jahon chempionligi unvonini qo'lga kiritdi.
Bu — O'zbekiston shaxmati uchun yana bir ulkan yutuq va yosh grossmeysterimizning xalqaro maydondagi navbatdagi tarixiy g'alabasi. Humoyun Begmuratovni ushbu ajoyib natija bilan samimiy muborakbod etamiz.

Havola :
Fikrlar