21 okt 18:25
Yangiliklar
Tennis
Guangzhou Challenger: Humoyun Sultonovni chorak final ostonasida to'xtatishdi
Xitoyning Guandun provinciyasi Guanchjou shahri Nansha tumanida o'tkazilayotgan Guangzhou Nansha International Challenger turnirida O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov navbatdagi o'yinini o'tkazdi.
Mukofot jamg'armasi 107 ming dollarni tashkil etuvchi turnirning asosiy to'ri ilk davrasida Sultonov shveycariyalik 29 yoshli Luka Kastelnuovo (ATP-449) bilan bahs olib borib, g'alaba qozongani haqida xabar bergandik.
ATP reytingida 431-o'rinni egallab turgan 27 yoshli Sultonov musobaqaning nimchorak final bosqichi doirasida amerikalik Andre Ilaganga qarshi kortga chiqdi. 1 soat, 25 daqiqa davom etgan o'yinda 25 yoshli Ilagan 7/5, 6/2 hisobida g'alabaga erishdi.
Malumot uchun, Andre Ilagan hozirda ATP reytingida 203-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar