05 noy 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskov: "Uittaker ko'chadan kelgan bolakay emas!"
O'zbekistonlik MMA jangchisi Bogdan Guskov 2027 yil 7 fevral kuni Sidneyda o'tadigan UFC Fight Night 298 turnirida Robert Uittakerga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Guskov Red Corner MMA'ga bergan intervyusida bo'lajak bahs uchun bir nechta jang rejasi ustida ishlayotganini aytdi.
"Robert sobiq chempion. Unga qarshi bir nechta rejalarim bor. Qaysi biri ishlashini oktagonda bilib olamiz. Tayyorlanish uchun vaqt etarli, g'alaba uchun 3-4 xil reja kerak bo'ladi", dedi Guskov.
U, shuningdek, Uittakerni tajribali va oldindan bashorat qilish qiyin bo'lgan raqib sifatida baholadi.
"Robert ko'chadan kelgan yosh bola emas. U ham albatta nimadir tayyorlaydi. SHu sababli biz turli scenariylarni ko'rib chiqyapmiz", deya qo'shimcha qildi angrenlik aralash yakkakurash ustasi.
Havola :
Manba : Red Corner
Fikrlar