04 noy 16:04
Yangiliklar
Sport kurashlari
Jalgasbay Berdimuratovning PFL Moscow turniridagi raqibi aniq bo'ldi POSTER
7 noyabr kuni Moskvada o'tadigan PFL Moscow turnirida o'zbekistonlik yunon-rum kurashi ustasi Jalgasbay Berdimuratovning ham gilamga chiqishi haqida xabar bergan edik.
Hamyurtimiz eronlik Mohammad Ali Gerayiga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi. Ushbu bellashuv yunon-rum kurashi bo'yicha 82 kg vazn toifasida o'tkaziladi.
Gerayi 2024 yilgi Jahon chempioni, uch karra Jahon chempionati bronza medali sohibi va 2018 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi hisoblanadi.
Jalgasbay Berdimuratov esa 2022 yilgi Jahon chempionatining kumush, 2019 yilgi Jahon chempionati bronza medali sohibi. SHuningdek, u 2021 va 2025 yillarda Osiyo chempioni bo'lgan hamda 2023 yilgi Osiyo o'yinlarida g'olib chiqqan.

Havola :
Manba : UWW_UZB
Fikrlar