04 noy 13:27
Yangiliklar
Hasanboy Do'smatov IBA.Pro chempionlik kamari uchun jang qiladi. Raqib, sana va manzil aniq!
Hamyurtimiz 4 dekabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etiladigan IBA President's Cup turniri doirasida ringga ko'tariladi.
Unga o'sha kuni Filippin vakili Roderik Bautista raqib bo'ladi. Ahamiyatlisi, ikkinchi o'ta engil vazn toifasidagi 10 raundlik bellashuv IBA.Pro chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
IBA President's Cup musobaqasi 27 noyabrdan 4 dekabrgacha davom etadi. Turnir IBA Elite — havaskor va professional bokschilarni yagona tizimda birlashtirishga qaratilgan yangi xalqaro platformaning ilk musobaqasi bo'ladi.
President's Cup'ning umumiy mukofot jamg'armasi 3 mln dollarni tashkil etadi. Erkaklar o'rtasida 12 ta vazn toifasi bo'yicha g'oliblar 100 ming, kumush medal sohiblari 50 ming, bronza medal egalari esa 25 ming dollar mukofot oladi.
Fikrlar