04 noy 13:58
Yangiliklar
UFC reytingi yangilandi: Nolan Top-10, Smit Top-15`da
Jumladan, Renato Moykano ustidan texnik nokaut bilan g'alaba qozongan avstraliyalik Tom Nolan engil vazn toifasi reytingida besh pog'ona yuqorilab, divizionning eng yaxshi o'ntaligida ettinchi o'rinni egalladi.
Braziliyalik jangchi esa aksincha, olti pog'onaga pastladi va 14-o'ringa joylashdi. Nolanni divizionning eng yaxshi beshtaligidan uning vatandoshi, oltinchi o'rinni egallab turgan Kuillan Salkild ajratib turibdi.
UFC yarimo'rta vazn toifasi reytingiga amerikalik Jakobi Smit ham kiritildi. U turnirning ikkinchi eng muhim jangida yamaykalik Rendi Braunni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, divizionda o'n to'rtinchi o'rinni egalladi.
Boshqa o'zgarishlardan, rossiyalik Yana Santosning ayollar o'rta engil vazn toifasidagi reytingda ikki pog'ona pastlab, sakkizinchi o'ringa tushib ketganini qayd etish joiz. Undan hakamlarning yakdil qarori bilan ustun kelgan braziliyalik Luana Santos esa bir pog'ona yuqorilab, divizionning eng yaxshi uchtaligini yakunladi.
Fikrlar