04 noy 13:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Zuffa Boxing 13. Jahongir Zokirov va Rahmatullo Boymatovning raqiblari malum (To'liq kard)
14 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha Zuffa Boxing 13 prof boks oqshomi o'tkaziladi.
Xabar berganimizdek, musobaqada ikki charm qo'lqop ustalarimiz — Jahongir Zokirov va Rahmatullo Boymatov ringga chiqishadi.
Malum bo'lishicha, Zokirovga og'ir vazn toifasidagi bellashuvda Kanada vakili Brendon Kolantonio raqiblik qiladi. Jang 6 raundga mo'ljallangan. Raqib hozirgacha 10 ta jang o'tkazib, 8 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Rahmatullo Boymatov esa ganalik Moro Kanla bilan to'qnash keladi. 8 raundlik jang yarim og'ir vazn toifasida tashkil etiladi. Kanla hisobida 10 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : Zuffa Boxing
Fikrlar