03 noy 15:00
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Dakar-2026: Muhammadismoil Rahmonovning medali O'zbekiston suzish sporti uchun tarixiy hisoblanadi
Suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakili Muhammadismoil Rahmonov kecha Dakar-2026 yoshlar Olimpiya o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritdi.
U 200 metrga brass usulida suzish bo'yicha final bahsida 2:15.79 natija qayd etib, uchinchi o'rinni egalladi.
Mazkur medal O'zbekiston tarixida yoshlar Olimpiya o'yinlarining suzish bahslarida qo'lga kiritilgan ilk medal bo'ldi.
Ushbu yo'nalishda yaponiyalik Iori Miyazaki 2:12.33 natija bilan oltin, litvalik Domas Vilimas esa 2:13.50 natija bilan kumush medalga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : aquatics.uz
Fikrlar