So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

01 noy 19:11
Yangiliklar

Formula-1

"Dakar" rallisi 20 yildan so'ng Afrikaga qaytadi

Teglar :  Dakar Rallisi
"Dakar" ralli-marafoni 2027-yilda Saudiya Arabistonidan Portugaliya va Marokashga ko'chiriladi.

Tashkilotchilar bunga Yaqin SHarqdagi so'nggi voqealarni sabab qilib ko'rsatdi.

Amaury Sport Organisation (A.S.O.) malumotiga ko'ra, 49-"Dakar" rallisi 2027 yil 9–23 yanvar kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqaning umumiy masofasi 7 824 km bo'lib, shundan 4 341 km tezlik maxsus uchastkalariga to'g'ri keladi.

Ralli 12 bosqichdan iborat bo'ladi. Musobaqa sanalari hali Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA) tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Start Portugaliyaning Algarve hududidagi Lole–Faru atrofida beriladi. 9 yanvar kuni prolog, yani, kirish bosqichi, 10 yanvar kuni esa birinchi maxsus bosqich o'tkaziladi. SHundan so'ng ishtirokchilar O'rta Er dengizi orqali Marokashga o'tadi.

Rallining asosiy qismi Marokash hududida bo'lib o'tadi. Yo'nalish Buarrfa, Zagora, Agadir, Smara va Daxla atroflaridan o'tadi. 17 yanvar Agadirda dam olish kuni sifatida belgilangan, 23 yanvar kuni esa musobaqa Marrakeshda yakunlanadi.

"Dakar" 2020–2026 yillar davomida 7 yil ketma-ket Saudiya Arabistonida o'tkazildi. 2028 yilda esa musobaqani yana qirollikka qaytarish va u erda yubiley — 50-"Dakar"ni o'tkazish rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing