05 mar 18:57
Yangiliklar

Toshkentdan olingan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarining yangilangan dasturi tasdiqlandi
"Osiyo Olimpiya kengashi joriy yil Bahraynda o'tkaziladigan III yoshlar Osiyo o'yinlarining yakuniy sanasi, dasturlari va yosh toifalarini elon qildi. Musobaqa avval rejalashtirilganidek, 22-31 oktyabr kunlari tashkil etiladi. O'yinlar Dakar-2026 o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenzion xarakterga ega bo'lgani bois, sport dasturlari va uning yosh chegaralarida o'zgarish mavjud.
Musobaqaga jami 26 ta sport turi kiritilgan. Ularning 13 tasi Dakar-2026 dasturidan o'rin olgan. Mazkur yo'nalishlarda qatnashadigan atletlarning yosh chegarasi 14-17 etib belgilangan. Bunga quyidagi sport turlari kiritiladi: Engil atletika, boks, futzal, stol tennisi, sohil kurashi, badminton, veloshosse, dzyudo, taekvondo, 3x3 basketbol, konkur, suzish va triatlon.
Quyidagi 13 sport turida yosh chegarasi 15-18 ni tashkil etib, ularda Dakar-2026 licenziyalari o'ynalmaydi: tuyalar poygasi, golf, kabaddi, tekbol, og'ir atletika, otlar marafoni, gandbol, aralash jang sanati turlari, voleybol, kibersport, jiu-jitsu, muay-tay, sport kurashlari (yopiq inshootda)", deyiladi MOQ xabarida.
Fikrlar