28 noy 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Jangiga ikki hafta qolgan CHarlz Oliveyra jarohat oldi + FOTO
BMF kamari sohibi CHarlz Oliveyra Diego Lopesga qarshi jangiga ikki hafta qolgan bir paytda jarohat oldi.
Braziliyalik UFC sobiq chempioni qoshi ustida plastir yopishtirilgan kesik bilan jonli efirda paydo bo'lib, muxlislarini jiddiy xavotirga soldi. CHarlz jarohati haqida batafsil malumot bermadi va hozircha 12 dekabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 335 turnirining asosiy jangi o'z kuchida qolmoqda.
SHunga qaramay, vaziyat xavotirli, chunki 2023 yilda Oliveyra mashg'ulot paytida shunga o'xshash jarohat olgan va Islam Maxachev bilan revansh jangiga o'n kun qolganida safdan chiqqandi.
Joriy yilda dunyoning eng kuchli ligasi yakuniy tadbirining ikkinchi muhim voqeasi rossiyalik Sergey Pavlovich va braziliyalik Aleks Pereyra o'rtasidagi og'ir vazn toifasidagi jang bo'ladi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar