28 noy 08:03
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov London turnirida mag'lubiyatsiz odimlamoqda
Hamyurtimiz ilk turda mezbon grossmeyster SHreyas Royal ustidan g'alaba qozonganidan keyin ketma-ket ikki partiyada raqiblari bilan durang o'ynadi. Nodirbek ikkinchi turda yana bir ingliz shaxmatchisi Maykl Adams bilan murosaga keldi. Kecha o'tkazilgan 3-turda esa ukrainalik afsonaviy faxriy shaxmatchi Vasiliy Ivanchuk bilan ochkolarni bo'lishib oldi.
CHempionlik uchun asosiy davogarlardan amerikalik Levon Aronyan 3-turda Maykl Adamsni mag'lub etib, turnir jadvalida 2,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Endi Vudvard, Gaveyn Maroroa Jons va Nodirbek Abdusattorov hisobida 2 ochkodan bor.
"Masters" guruhida 10 nafar grossmeyster to'qqiz tur davomida g'oliblik yo'lida o'zaro bahs olib boradi. Bugun o'tkaziladigan to'rtinchi turda Abdusattorov qora donalarda angliyalik 39 yoshli Gaveyn Maroroa Jons bilan hisob-kitob qiladi. Peshqadam Levon Aronyan esa qora donalarda Vasiliy Ivanchukka qarshi o'ynaydi.


Fikrlar