So’nggi yangiliklar

13:42Италия U-17 мураббийи Ўзбекистонга қарши ўйин ҳақида: "Қизил карточка режаларимизни бузди" 0 13:18Марказий жангида Дмитрий Бивол иштирок этадиган RCC бокс кечасининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 12:45Ўзбекистон волейбол бўйича Осиёдаги энг кучли бешта жамоа қаторига киритилади. Бу ҳақда ҳукумат қарори эълон қилинди 0 12:23Жавоҳир Синдаров жамоаси Женевага ўзбек ошпазларини олиб борди 0 11:48Қирғизистон футзал бўйича Осиё Кубогига мезбонлик қилади 0 11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0 10:28Халқаро велоспорт федерацияси президенти Давид Лаппартьян Тошкентга келди 0 09:50Хамзат Чимаев: «Уларнинг барчасини синдирмагунимча кетмайман» 0 09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0

27 noy 13:42
Yangiliklar

Futbol

Italiya U-17 murabbiyi O'zbekistonga qarshi o'yin haqida: "Qizil kartochka rejalarimizni buzdi"

Italiya U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Daniele Francheskini Qatarda o'tkazilayotgan jahon chempionatining 3-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan (3:1) keyin o'z fikrlarini bildirdi.

Italiya futbol federaciyasi rasmiy saytining xabar berishicha, mutaxassis jamoasining birinchi bo'limdagi o'yinidan mamnun bo'lgan, biroq ikkinchi bo'limdagi qizil kartochka rejalarini o'zgartirib yuborganini takidlagan.

"Erishgan natijamiz va guruhda barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, birinchi o'rinni egallaganimizdan juda faxrlanamiz. Bugun birinchi bo'limni ajoyib o'tkazdik, o'z o'yinimizni namoyish etib, uchrashuvni istaganimizdek yo'naltira oldik.

Biroq ikkinchi bo'limdagi qizil kartochka rejalarimizni murakkablashtirdi. Bu bizni qiyin vaziyatga tushirib qo'ydi. SHunga qaramay, g'alabani saqlab qoldik. Umuman olganda, o'tkazilgan uchta uchrashuvdagi ishtirokimizdan juda mamnunmiz", – dedi Francheskini.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonga qarshi bahsda Italiya 7-daqiqada Tommazo Kazagrandening goli evaziga hisobni ochdi. 31-daqiqada Federiko Krochi penaltini aniq amalga oshirdi, birinchi bo'limga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada esa Tomas Korilyano uchinchi golni urdi.

66-daqiqada italiyaliklar yarim himoyachisi Rikkardo Kassano ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.

SHundan keyin O'zbekiston terma jamoasi hujumlarini kuchaytirdi. 75-daqiqada Ravshanbekovning o'ng qanotdan uzatmasini Suhrob Sodirjonov bosh bilan darvozaga yo'llab, hisobni qisqartirdi.

Italiya futbol federaciyasi hisobotida takidlanishicha, goldan keyin o'zbekistonlik futbolchilar yanada faollashgan. 78-daqiqada Erkinovning zarbasini raqib darvozaboni qaytargan bo'lsa, 90+4-daqiqada O'ktamboevning bosh bilan bergan xavfli zarbasini Karlo Galliera katta qiyinchilik bilan bartaraf etgan.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Joele Jammattei etirof etildi.

SHu tariqa, Italiya uchta uchrashuvda 9 ochko jamg'arib, "E" guruhida birinchi o'rinni egalladi. Kot-d'Ivuar 6 ochko bilan ikkinchi, O'zbekiston 3 ochko bilan uchinchi, Yamayka esa ochkosiz oxirgi o'rinda qoldi.

Sergey CHigodaev shogirdlari guruh bosqichini 8 ta gol urib, 7 ta gol o'tkazib yuborgan holda yakunladi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, 12 ta guruhning har biridan birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o'rin sohiblari orasidan eng yaxshi natija ko'rsatgan sakkizta terma jamoa 1/16 finalga chiqadi.

O'zbekistonning keyingi bosqichga chiqish masalasi 27 noyabr kuni guruh bosqichining qolgan uchrashuvlari yakunlangach uzil-kesil aniq bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing